Toshkent Univermagi binosi yonida daraxtning yirik shohi qulab tushdi

Bugun, 6 avgust taxminan soat 13:25da Toshkent Univermagi binosi yonida yo‘l chetidagi daraxtning katta shohi sinib, pastga quladi, deb yozmoqda "Qalampir" nashri. Natijada qarovsiz qoldirilgan ikki avtomobil jiddiy zarar ko‘rdi. Darxt shohlari Cobalt va Matiz rusumidagi ikki avtomobil ustiga tushgan. Matiz avtomobilining old oynasi sindi, Sobalt rusumidagi mashinaning old qismi biroz shikastlandi.

Guvohlar bergan ma’lumotlarga qaraganda, daraxt ostida yana bir avtomobil bo‘lgan. Uning egasi esa avtomobilini xavfsiz joyga olishga ulgurgan.

Baxtsiz hodisa natijasida hech kim jabrlanmadi.

Bunday holat Toshkent shahrida birinchi bor kuzatilayotgani yo‘q. Yog‘ingarchilik, kuchli shamol natijasida yo‘l chetidagi bir necha yillik daraxtlarning ag‘darilib, avtomobillarga zarar etkazgani haqida avval ham xabar bergan edik. Toshkent shahar hokimiyati va Obodonlashtirish bosh boshqarmasi bunday holatlarning oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar ko‘rsa, maqsadga muvofiq bo‘lardi. Baxtsiz hodisalarning oldi olinardi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing