23:15 / 13.09.2016
7 043

GM-O‘zbekiston: «Ravon»lar zanglab qolmaydi

GM-O‘zbekiston: «Ravon»lar zanglab qolmaydi

Ko‘pchilikka yaxshi ma’lumki, «Matiz» va «Neksiya»larning kuzovi zanglashga chidamlilik darajasi unchalik ham havas qiladigan holatda emas edi. Biroq, GM-O‘zbekiston zavodidagi texnologik uskunalar to‘liq almashtirilgan yoki yangilangani tufayli, avtomobilsevarlar bu muammoni tez orada unutsalar ajab emas. Endilikda, kuzovlarni bo‘yash jarayonida «zamonaviy texnik echimlar va komponentlardan foydalanilmoqda», - deya xabar qilmoqda Ravon matbuot xizmati.

Jumladan, bo‘yash jarayonini yaxshilash imkonini beruvchi yangi amaliyotlar joriy qilingan: changdan asrash uchun maxsus tonnellar barpo etilgan, kuzov bo‘yoq sepilishidan avval tozalanadi, asosiy bo‘yash jarayoni «yuqori darajadagi avtomatlashtirilgan» holda amalga oshiriladi. Bundan tashqari, korxona matbuot xizmati kuzovga ishlov berishga oid grafikani ham taqdim etgan.

Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda Ravon brendi ostida R2, Nexia R3, R4 va Gentra modellari ishlab chiqarilmoqda. Tez orada, mazkur modellar safi kengaytirilishi kutilayapti.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » GM-O‘zbekiston: «Ravon»lar zanglab qolmaydi