19:51 / 14.01.2025
316

Chevrolet mashhur Camaro modelini qaytadan ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda

Chevrolet mashhur Camaro modelini qaytadan ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda
General Motors kompaniyasi Chevrolet Camaro modelining oltinchi avlod ishlab chiqarishini yakunlamoqda, ammo bu mashhur model tarixining tugashini anglatmaydi.

Avtomobil olamiga ixtisoslashgan 32cars nashriga koʻra, ushbu mashhur maslkar zamonaviy formatda qayta ishlab chiqiladi va uning asosiy maqsadi yoshlar auditoriyasi uchun hamyonboplikni ta'minlash boʻladi. General Motors kompaniyasi Chevrolet Corvette C8 modelining muvaffaqiyatidan ilhomlanib, Camaro modelini «halq maslkari»ga aylantirish gʻoyasini rivojlantirmoqda.

Yangi Camaro sportchan ruh va xarizmatik dizaynni saqlab qoladi, biroq narxi koʻproq jozibador boʻlishi kutilmoqda. Hozirda taxminiy ma'lumotlarga koʻra, yangi modelning narxi Chevrolet Corvette C8 bilan taqqoslanadi, uning dastlabki versiyasi 59 ming dollar atrofida boʻlgan.

Ayni paytda, yangi Chevrolet Camaro’ning texnik jihozlanishi va xususiyatlari borasida hech qanday ma'lumot oshkor qilinmagan. Shunday boʻlsa-da, ushbu yangilik mashhur modelning muxlislari orasida katta qiziqish uygʻotmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto