00:44 / 19.01.2025
33

«Formula-1» yulduzining noyob mashinasi sotuvga qoʻyildi (foto)

«Formula-1» yulduzining noyob mashinasi sotuvga qoʻyildi (foto)
Foto: Autoevolution
2004 yilda chiqarilgan Ferrari Enzo superkari Buyuk Britaniyada sotuvga qoʻyildi. Noyob avtomobil sotuvidan 3,95 mln funt sterling ($4,8 mln) ishlash moʻljallangan, deya xabar berdi Autoevolution saytiga tayanib Xabar.uz.

Foto: Autoevolution
Ushbu Ferrari Enzo «Formula-1» etakchi poygachilaridan biri Jenson Battonga tegishli boʻlgan. Poygachi 2009 yilda chempionligini shu mashinani sotib olish bilan nishonlagandi. 2010 yilda esa mashinani sotib yuborgan.

Foto: Autoevolution
Jenson Batton sport mashinalari toʻplashga ishqiboz, uning garajida Bugatti Veyron va McLaren P1 hamon saqlanmoqda. Ammo Enzosi borligini sir tutgan, chunki poygachi hech qachon Ferrari jamoasi a'zosi boʻlmagan.

Foto: Autoevolution
Ferrari Enzo ajoyib saqlangan. Atigi 1 837 km yoʻl bosgan.

Foto: Autoevolution
Ferrari Enzo juda yuqori narxlanishiga sabab — juda kamyob model. Bunaqa kupelardan atigi 400 tasi chiqarilgan, uni tayyorlashda «Formula-1» yulduzi Mixael Shumaxer shaxsan qatnashgan.

Foto: Autoevolution
Ferrari Enzo superkariga yuqori aylanma tezlikli 6,0 litrli 600 ot kuchiga ega V12 motori oʻrnatilgan. U 3,4 soniyada 100 km/soat tezlik olish imkonini beradi, maksimal tezligi — 350 km/soat.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto