03:09 / 14.02.2025
4 547

Avtomobil bozoridagi olib sotarlar qancha daromad oladi?

Avtomobil bozoridagi olib sotarlar qancha daromad oladi?
O‘zbekistonda yangi avtomobillar avtosalondan chiqishi bilan bir qator qayta sotuvchilarga borib tushmoqda. Ular har bir avtomobildan 750 dan 1500 dollargacha foyda olmoqda.

Agar bu daromadlar soliq bilan rasmiylashtirilganida – 12% QQS va 15% foyda solig‘i hisobga olinsa, davlat byudjeti yiliga 20 million dollardan ortiq qo‘shimcha daromad olgan bo‘lardi.

Bu jarayondan UzAuto Motors ham zarar ko‘rmoqda. Kompaniya narxlarni oshirish va avtomobillarni erkin savdoga chiqarish o‘rniga, Cobalt modelini "restayling" qilish orqali yashirin ravishda narxni oshirishga majbur bo‘lmoqda.

Shu sababli, katta foyda qayta sotuvchilarga ketmoqda, oddiy xaridor esa avtomobil bozorida mashina sotib olishga va qo‘shimcha hujjatlashtirish xarajatlarini to‘lashga majbur bo‘lmoqda.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto