
2024-yil yakunlariga koʻra, Chevrolet Cobalt Oʻzbekiston avtomobil bozorida yetakchilikni saqlab qoldi. Focus2Move tahlilchilarining maʼlumotlariga koʻra, ushbu avtomobil savdosi yillik 24,7% oʻsish qayd etdi.
Ikkinchi oʻrinda Daewoo Damas joy oldi, uning savdosi 58,8% ga oshdi.
Chevrolet mamlakat bozorining 58,5% ulushini egallab, yil yakunida 1,2% oʻsishga erishdi. Daewoo esa 21,9% ulush bilan ikkinchi oʻrinda qoldi va yil davomida 39,4% oʻsdi. Uchinchi oʻrin Kia kompaniyasiga nasib etdi.
Oʻzbekistonda toʻrtinchi eng ommabop avtomobil brendi Xitoyning BYD kompaniyasi boʻldi. Ushbu brendning savdosi yil davomida 113,2% oʻsdi.
Shuningdek, tahlilchilar Oʻzbekistonda elektromobillar bozori 7,1% oʻsganini qayd etdi. Elektromobillar umumiy transport vositalarining 7% ini tashkil etmoqda. Segment yetakchisi BYD boʻlib qoldi, ikkinchi oʻrinda BAIC, uchinchi oʻrinda esa Tesla joy oldi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar