21:02 / 22.02.2025
684

Chevrolet Cobalt yetakchilikni Hyundai Tucson’ga boy berdi

Chevrolet Cobalt yetakchilikni Hyundai Tucson’ga boy berdi

Hyundai Tucson 2025-yil yanvar oyida Qozog‘istonda eng ko‘p sotilgan avtomobilga aylandi, deb xabar beradi Kolesa.kz. O‘tgan oy davomida ushbu modeldan 1 452 dona sotilgan.

Chevrolet Cobalt 1 113 dona sotilgan holda ikkinchi o‘rinni egalladi. Ushbu model Chevrolet brendi sotuvlarining 93% qismini tashkil etdi.

Uchinchi o‘rinda yana bir Hyundai modeli – Elantra joy oldi. Yanvar oyida undan 571 dona xarid qilingan.

Brendlar kesimida eng ko‘p sotilgan avtomobillar reytingi quyidagicha:
Hyundai – 3 175 dona
Chevrolet – 1 189 dona
Kia – 980 dona

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto