
Aston Martin odatda qimmat va eksklyuziv sport avtomobillar ishlab chiqaruvchi kompaniya sifatida tanilgan. Biroq, u vaqti-vaqti bilan g‘ayrioddiy modellarni ham taqdim etadi. Shulardan biri – 2025-yilgi Aston Martin Cygnet, u Toyota iQ platformasida yaratilgan. Ushbu model buyurtma asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, seriyali ishlab chiqarish rejalashtirilmagan.
Aston Martin Cygnet dastlab 2018-yilda konsept sifatida namoyish etilgan, lekin bu loyiha 2000-yillarning boshida yaratilgan g‘oyalarga asoslangan. O‘sha vaqtda kompaniya rahbari Toyota iQ bazasida shahar uchun mo‘ljallangan kichik avtomobil ishlab chiqish g‘oyasini ilgari surgan. Ammo yangi versiya avvalgi prototiplarga mutlaqo o‘xshamaydi.

Muhandislar 10 oy ichida Aston Martin Cygnet’ga 4,7 litrli V8 motor o‘rnatishga muvaffaq bo‘lishdi. Ushbu dvigatel 97 ot kuchiga ega 1,33 litrli Toyota motorini almashtirdi. Endi yangi model Vantage S sportkaridan 430 ot kuchiga ega motor va 7 pog‘onali avtomat uzatmalar qutisi bilan ta’minlangan.
Kompakt avtomobilning narxi 566 ming dollar deb belgilangan. Muhandislar nafaqat kuchli dvigatel qo‘shgan, balki Vantage’ning old va orqa osmalarini avtomobil tanasiga moslashtirgan. Salonda esa Recaro sport o‘rindiqlari, xavfsizlik karkasi va uglerod tolali superkar panellari joy olgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar