03:20 / 06.03.2025
136

Mercedes-Benz 500 km yuradigan elektr minivenni e’lon qildi

Mercedes-Benz 500 km yuradigan elektr minivenni e’lon qildi
Mercedes-Benz hashamatli elektr miniven Vision V konseptini taqdim etdi. U Vito va V-Class ning yangi iteratsiyalari uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Yangi liniyada oilaviy minivenlar hamda VIP yo‘lovchilar uchun maxsus elektr transportlar ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan. Konsept aprel oyida namoyish etiladi, seriyali model esa kelgusi yilda chiqariladi.

Taqdim etilgan Vision V tezkor dizayni va ilg‘or texnologiyalari bilan ajralib turadi. Dastlabki teaserda modelning orqa qismidagi Vision V belgisi aks etgan. Uni Mercedes-Benz’ning mashhur uch nurlik yulduzlari fonida yoritib turuvchi maxsus yoritish tizimi bezatgan. Garchi bu dizayn seriyali modelda saqlanib qolishi noma’lum bo‘lsa-da, kompaniya avtomobil dizaynida zamonaviy va o‘ziga xos yechimlar qo‘llanishini va’da qilmoqda.

Yangi Vito va V-Class modellari Van Electric Architecture (VAN.EA) platformasida quriladi. Ushbu platforma moslashuvchanligi bilan ajralib turib, turli darajadagi minivenlar va hashamatli shuttllarni yaratish imkonini beradi. U 800-vol’tli tizim va bir hamda ikki motorli quvvat bloki bilan jihozlanadi.

Eng ilg‘or modellar 500 kilometr gacha yurish zaxirasiga ega bo‘lib, dastlab ikkinchi darajali avtonom haydovchi tizimi bilan jihozlanadi. Keyinchalik esa uchinchi va to‘rtinchi darajali avtopilotlar qo‘shilishi rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, Mercedes-Benz o‘zining EQC krossoveri o‘rniga yangi model ishlab chiqmoqda. Hozirda GLC with EQ Technology prototipi sinovdan o‘tmoqda. U 800-vol’tli tizim, zamonaviy batareyalar va yangi tormoz tizimi bilan jihozlanadi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto