17:24 / 29.03.2025
175

Toshkentda 30 mart kuni masjidlar yonida yo‘llar yopiladi

Toshkentda 30 mart kuni masjidlar yonida yo‘llar yopiladi
Toshkentda 30 mart kuni masjidlar yonidagi yo‘llar vaqtincha yopiladi, deb Nova24.uz xabar berdi.

30 mart kuni soat 00:00 dan 7:30 gacha Toshkent shahridagi masjidlar atrofidagi yo‘llar vaqtincha yopiladi. Bu haqda shahar IIBB matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ma’lumotga ko‘ra, poytaxtdagi 124 ta masjidda bayram namozi o‘qiladi. Shu munosabat bilan quyidagi tumanlardagi yo‘llarda harakat cheklanadi:

Mirzo-Ulug‘bek tumani:

«To‘ra buva» masjidi: Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasi — Shurtepa ko‘chasidan Sultoniya ko‘chasigacha.

Bektemir tumani:

«Xuton» masjidi: Bektemir prospekti — Xusayn Boyqaro ko‘chasidan Bektemir yo‘li ko‘chasigacha.

Olmazor tumani:

«Islomobod» masjidi: MKAD — Sagbon ko‘chasidan Nurafshon va Sagbon ko‘chalari kesishmagicha;

«Hazrati Imom» masjidi: Qorasaray ko‘chasi — Nurafshon ko‘chasidan Abdulla Qodiriy ko‘chasigacha;

«Do‘stjonboy» masjidi: Sagbon va 12-proyezd Sagbondan Keles yo‘li va Naraztepa ko‘chasigacha.

Shayxontohur tumani:

«Shayx Zayniddin» masjidi: Ko‘kcha darvoza — Nurafshondan Beshqayrag‘ochgacha;

«Xo‘ja Alambardor» masjidi: Bunyodkor prospekti — Kamolondan 2-proyezd Ustozodagacha;

«Ko‘h ota» masjidi: Sebzar ko‘chasi — Nurafshondan Labzakgacha.

Chilonzor tumani:

«Ubay ibn Ka’b» masjidi: Al Xorazmiy — Xirmontepadan Katta kanigacha;

«Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf» masjidi: So‘galli ota — Al Xorazmiydan Xonobod 2-tupigigcha;

«Novza» masjidi: Bunyodkor — Mukimiydan Oliy Majlis binosi qarshi tomonidagi yo‘lgacha.

Uchtepa tumani:

«Abdulloh ibn Ma’sud» masjidi: Lutfiy — Xirmontepadan Katta kani-Lutfiygacha;

«Hazrati Ali» masjidi: Nazarbek — Mahoratdan 1-proyezd Zamaxsharigacha.

Yunusobod tumani:

«Minor» masjidi: MKAD — Ko‘rgazmadan Sh.Rashidovgacha;

«Mirzo Yusuf» masjidi: Bog‘ishamol — Shivligacha.

Yakkasaroy tumani:

«Usmon bin Ma’zun» masjidi: MKAD — Qushbegidan Fayzli Toshkentgacha.

Sergeli tumani:

«Nurul Islom» masjidi: MKAD va Fayzli Toshkent kesishmasidan MKAD va Kumarik kesishmagicha.

Yashnobod tumani:

«Islom ota» masjidi: Farg‘ona yo‘li — Fitratdan Talimarjangacha.

Mirobod tumani:

«Qo‘yliq ota» masjidi: TKAD — «Qo‘yliq» bozori yonidagi ko‘prikdan TKAD va Munis kesishmagicha.

Shuningdek, masjidlar yaqinidagi boshqa ko‘chalarda ham harakat cheklanishi mumkin.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto