
Rossiyaning yirik avtomobilsozlik konserni AvtoVAZ yana O‘zbekiston bozoriga kirib kelish niyatida. Bu haqda kompaniya prezidenti Maksim Sokolov TASS agentligiga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Asosiy yo‘nalishlardan biri — O‘zbekiston
Sokolovning ta’kidlashicha, kompaniya eksport faoliyatini qayta tiklash va yanada kengaytirishni maqsad qilgan. Uning fikricha, birinchi navbatda bu:
- Belarus,
- Qozog‘iston,
- va, albatta, O‘zbekiston bozorlarini qamrab oladi.
“2022 yilgacha bo‘lgan savdo hajmini tiklashni rejalashtirganmiz”, — dedi AvtoVAZ rahbari.
Granta asta-sekin ketadi, Iskra esa yetakchiga aylanadi
Ayni paytda Lada Granta avtomobillari hali ham talabda ekanini hisobga olgan holda, uning ishlab chiqarilishi to‘xtatilmaydi. Biroq asosiy e’tibor yangi — Lada Iskra modeliga qaratiladi.
19 aprel kuni Tolyattida Iskra'ning seriyali ishlab chiqarilishi rasman boshlandi. Yangi model Granta'ning o‘rnini bosishi mumkin.
O‘zbekistonda Lada brendi tarixiga nazar
2020 yil — O‘zbekistonda Roodell dilerlik tarmog‘i orqali 5 mingdan ortiq Lada avtomobili sotilgan.
2021 yil — “Vesta”, “Largus” va “XRay” modellari Jizzaxdagi ADM Jizzakh zavodida yig‘ila boshlandi.
2022 yil — O‘zbekistonda Lada avtomobillarini to‘liq ishlab chiqarish siklini joriy qilish rejasi e’lon qilindi. Yiliga 30 ming avtomobil ishlab chiqarish rejalashtirilgan edi.
2023 yil apreli — AvtoVAZ prezidenti O‘zbekistonda Lada Vesta'ning yangi modelini mahalliylashtirish niyati borligini ma’lum qildi.
Sanksiyalar fondidagi savollar
Shu bilan birga, 2023 yil sentyabrida AQSH Moliya vazirligi huzuridagi Xorijiy aktivlarni nazorat qilish boshqarmasi (OFAC) AvtoVAZni sanksiyalar ro‘yxatiga kiritdi. Bu holat kompaniyaning xalqaro faoliyatiga ma’lum darajada ta’sir o‘tkazgan bo‘lishi mumkin.
Siz nima deb o‘ylaysiz — Lada avtomobili yana O‘zbekiston bozorida o‘z o‘rniga ega bo‘la oladimi? Yangi Iskra modeli haqida fikringiz qanday? “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar