date
views 159

Chevrolet Spark’ning 7 ta kamchiligi oshkor qilindi

Chevrolet Spark’ning 7 ta kamchiligi oshkor qilindi
“Za rulem” jurnali avtomobil eksperti Sergey Zinovyev Chevrolet Spark xetchbek avtomobilining 7 ta asosiy kamchiligi haqida gapirib berdi, deb yozadi Auto.Mail.ru.

Yurish qismi zaif — yaxshi yo‘llarda 80-100 ming km xizmat qiladi, lekin yomon yo‘llarda tezda sharik bog‘lovchilar, opora podshipniklari, amortizatorlar, ShRUSlar ishdan chiqadi. Orqa prujinalar ham o‘tirib qoladi.

Rul mexanizmi kuchsiz va nosozliklarga moyil.

Yonuv gaz chiqarish tizimidagi metall qismlar tuzli qishda zanglab, 2-3 yil ichida teshik bo‘lishi mumkin.

Asosiy dvigatel — B10D1 1.0 (68 ot kuchi) oddiy, ammo termastat, xolostoy yurish regulyatori va yonish katushkalari muammo tug‘dirishi mumkin.

Svechalarni almashtirish qiyin — havo filtri va havo kirish yo‘lini yechish kerak.

Yurish qismi sotib olishdan oldin sinchiklab tekshirilishi tavsiya etiladi.

Mashina arzon bo‘lishi mumkin, ammo tez-tez ta’mirlash va ehtiyot qismlar zarur bo‘ladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Chevrolet Spark’ning 7 ta kamchiligi oshkor qilindi