Checheniston polisiyachilari g‘alati ishlar qilmoqda. Ular yozgi shinali mashinalarni jarima maydonchasiga qo‘yishni talab qilyapti, deb yozmoqda Carzone.uz sayti.
28 sentyabrdan beri Chechenistonda yo‘l harakati qoidabuzarlarini aniqlash ishlari ketmoqda. O‘tgan amaliyot mobaynida mashinaning oynasi qoraytirilmaganligi, jarima to‘lanmaganligi, hattoki, qishki shinadan foydalanilmaganligi kabi kichik sabablar bilan ham jarima maydonchasiga tortish holatlari uchrab turibdi.
Qishda yozgi shinadan foydalanganlik uchun Rossiya qonunchiligida hech qanday jazo ko‘zda tutilmagan. Faqatgina siyqalashgan shina uchun 500 rubl jarima belgilangan.
Rossiya qonunchiligida pokrishkalar protektori izlarining jarima solish uchun asos bo‘ladigan chuqurliklari (yengil mashinalar uchun – 0,8 mm; vazni 12 tonnagacha bo‘lgan yuk mashinalari uchun – 1 mm; M1, N1, O1, O2 kategoriyali transport vositalari uchun – 1,6 mm; avtobuslar uchun – 2 mm) belgilab qo‘yilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi