23:40 / 22.12.2016
7 049

Latviyaning to‘pori yo‘ltanlamasi namoyish etildi

Latviyaning to‘pori yo‘ltanlamasi namoyish etildi

Riganing Dartz firmasi narxi osmon superyo‘ltanlamasining tashqi qiyofasini ortiq sir saqlamaslikka qaror qildi.

Dartz Prombron Black Alligator nomli yo‘ltanlamasning ruli haqida oktyabr oyida ma’lumot berganmiz. Serhasham rulga brilliant va sof oltindan zeb berilgan. Mana avtomobilning o‘zini taqdim etish vaqti ham keldi. “Qora timsoh” Black Shark loyihasining davomi sanaladi. “Qora timsoh”ning g‘ildiraklar bazasi “Qora akula”nikidan torroq. Ikkalasi ham Mercedes-AMG GLS 63 rusumining agregat bazasida qurilgan. Biroq karbonplastik va kevlardan ishlangan kuzovi mashinaga o‘ziga xos tus beradi.

Rigalik avtomobilsozlar yo‘ltanlamasning zirhli modifikasiyasini ham xaridorga taklif qilmoqda. Uning kuzov panellari kevlar va titandan ishlangan. Unda sirena va lazer yordamida chaqirilmagan mehmonlarni quvib soluvchi Anti-Paparazzi Pack tizimi bor. Mijoz salonni o‘z didiga moslab jihozlata oladi. Bir qancha materiallar qatorida bo‘g‘ma ilon, skat, timsoh va tuyaqush terisini ham qoplattirish imkoni mavjud.

Yo‘ltanlamasga 5,5 litrli biturbo motor o‘rnatiladi. Quvvati 760dan 1600 ot kuchigacha.

Xo‘sh, bu maqtalgan yo‘ltanlamas qancha turadi? Anig‘ini aytish mushkul, chunki har bir nusxa mijozning ta’biga moslab tayyorlanadi. Biroq bahosi olti xonali son bilan ifodalanishi tayin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Latviyaning to‘pori yo‘ltanlamasi namoyish etildi