
Nemis kompaniyasi dizelgeyt mashmashasi tufayli sha’niga tushgan dog‘ni yuvish uchun AQSh hududida yana bir katta pikap ishlab chiqarmoqchi. Hozir bunday pikaplarni AQShda talashib xarid qilishadi.
Shu orqali kompaniya Dodge Ram va Ford F-150 bilan raqobatlashadi. Hozir Dodge va Ford Amerika bozorida pikapfurushlikdan yaxshi daromad qilmoqda. Volkswagen eng avval pikap uchun pishiq rama yasab olishi kerak, chunki katta ramasi yo‘q.
Bo‘lajak pikapga 250-300 ot kuchiga ega motor qo‘yilishi kutilmoqda. Nemis kompaniyasining oxirgi Atlas yo‘ltanlamasiga komplektasiyasiga qarab 238 va 280 ot kuchiga ega dvigatellar o‘rnatilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar