Yangi yil arafasida Coca-Cola yuk mashinasiga ortilgan ichimliklar Toshkentdagi Grand Mir mehmonxonasi qarshisida to‘kildi


Toshkentning Shota Rustaveli va Mirobod ko‘chalari kesishmasidagi aylanada Coca-Cola yuk mashinasiga ortilgan mahsulotlar to‘kilib ketdi. Bu haqda Daryo nashri xabar berdi.
Hodisa natijasida aylana atrofida kichik tirbandlik yuzaga kelgan. Suratda yo‘lga to‘kilgan shisha idishlar chil-chil singani, uning qoldiqlari yo‘lning ma’lum bir qismini egallab olganini ko‘rish mumkin.
Hodisa qanday yuz bergani, uning boshqa ishtirokchilari va jabrlanuvchilar haqida aniq ma’lumotlar yo‘q.































Izohlar 0
…