12:03 / 18.03.2017
6 147

Qoidabuzarliklarni qayd etish kameralari ishi to‘xtatilgani haqidagi mish-mishlar o‘z tasdig‘ini topmadi

Qoidabuzarliklarni qayd etish kameralari ishi to‘xtatilgani haqidagi mish-mishlar o‘z tasdig‘ini topmadi

O‘zbekiston IIV Toshkent shahri yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi poytaxt ko‘chalarida qoidabuzarliklarni qayd etish kameralari ishi to‘xtatilgani haqidagi xabarlarni rad etdi.

Kun.uz’ning YHXBdagi manbasi xabar berishicha, bu boradagi mish-mishlar asossiz hamda kameralar avvalgi rejimda ishlashda davom etmoqda.

Haydovchilarni ushbu tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ishonmaslik hamda yo‘l harakati xavfsizligi qoidalariga rioya etishlarini so‘rab qolamiz.

Eslatib o‘tamiz, 15 martdan boshlab Toshkentning 115 chorrahasida YHQ buzilishini qayd qiluvchi videokameralar ishga tushdi. Shuni qayd etib o‘tish joizki, 15 mart kunidan boshlab ishga tushgan kameralar birinchi kun va ikkinchi kun yarmiga kelib 10 mingta qoida buzilish holatini qayd etgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Qoidabuzarliklarni qayd etish kameralari ishi to‘xtatilgani haqidagi mish-mishlar o‘z tasdig‘ini topmadi