
Kecha, 2 aprel kuni soat 11:20larda Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumani TXAY ko‘chasi, “Frank medial” MChJ qarshisida, “Lacetti” rusumli avtomashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda IIV Axborot xizmatiga tayanib Qalampir.uz xabar berdi.
Haydovchi ikki nafar piyodani urib yuborib, so‘ng qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan boshqa “Lacetti” avtomashinasiga urilgan.
Yo‘l transport hodisasi oqibatida ikki fuqaro vafot etgan. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Yo‘l transport hodisasi sodir etilishida gumonlanayotgan “Lacetti” avtomashinasi haydovchisi ushlangan.
Hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar