Xiaomi kompaniyasining yangi 7 o‘rinli Kunlun krossoveri yo‘l sinovlaridan o‘tmoqda

1 daqiqa o'qish175
Xiaomi kompaniyasining yangi 7 o‘rinli Kunlun krossoveri yo‘l sinovlaridan o‘tmoqda

Xiaomi kompaniyasi o‘zining navbatdagi yirik loyihasi — Kunlun nomli to‘liq o‘lchamli krossoverini yo‘l sinovlariga chiqardi. Xitoyda kamuflyaj ostida payqalgan ushbu model bozorga Xiaomi YU9 nomi bilan kirib kelishi kutilmoqda. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Yangi avtomobil uch qatorli o‘rindiqlar tizimiga ega bo‘lib, yetti kishiga mo‘ljallangan. Shpionlik suratlarga ko‘ra, krossover yopiq old qism, o‘tkir chiziqli optika, tom qismiga o‘rnatilgan LiDAR datchigi, yashirin eshik tutqichlari va yirik g‘ildirak arkalari bilan ajralib turadi. Mashinaning uzunligi taxminan 5,2 metrni tashkil etadi.

Texnik jihatdan model EREV gibrid tizimi bilan jihozlanadi. U 70 kVt·soatdan ortiq quvvatga ega akkumulyator yordamida faqat elektr energiyasida 400 kilometrdan ko‘proq masofani bosib o‘tish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, Xiaomi kompaniyasining avtomobil bozoridagi ilk muvaffaqiyati bo‘lgan Xiaomi SU7 modeli katta qiziqish uyg‘otmoqda. Sotuvlar boshlanganidan keyingi 48 kun ichida ushbu elektromobilga berilgan tasdiqlangan buyurtmalar soni 80 mingdan oshib ketdi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?