Skoda Octavia oʻrnini bosuvchi 235 ot kuchiga ega yangi Changan Uni-V taqdim etildi

Moskvada ikkinchi avlod Changan Uni-V liftbekining yangilangan talqini rasman namoyish etildi. 2,0 litrli turbomotor bilan jihozlangan ushbu avtomobil oʻzining oʻlchamlari (uzunligi 4740 mm, gʻildirak bazasi 2750 mm) bilan Skoda Octavia modelining asosiy raqobatchisi hisoblanadi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Yangi model dinamika borasida sezilarli oʻsishga erishgan: dvigatel quvvati 235 ot kuchiga, aylantiruvchi moment esa 390 N·m ga yetkazildi. Natijada avtomobil 100 km/soat tezlikka bor-yoʻgi 6,3 soniyada erishadi. Kapot ostida choʻyan blokli Blue Core dvigateli va 8 pogʻonali klassik Aisin gidromexanik avtomat uzatmalar qutisi oʻrnatilgan.
Ishlab chiqaruvchi kuzov mustahkamligi, tortishni boshqarish tizimi va yuqori tezlikdagi barqarorlikka alohida eʻtibor qaratgan. Taqdimot davomida avtomobilning shassi sozlamalari sportcha xarakterga ega ekanligini isbotlovchi “los testi” natijalari (78 km/soat) eʻlon qilindi.
Changan Uni-V oʻzining dinamik imkoniyatlari boʻyicha hatto BMW M4 G82 va Porsche Taycan Turbo S kabi qimmatbaho sportkarlar bilan qiyoslanmoqda. Yangi Uni-V 2.0T modelining narxi Rossiya bozorida kredit dasturlari bilan hisoblaganda taxminan 3,2 million rubldan boshlanishi maʻlum qilindi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!