Skoda Octavia to'liq gibrid dvigatel bilan ta'minlanadi

Skoda kompaniyasi o'zining mashhur Octavia modelini to'liq gibrid tizim bilan boyitishga qaror qildi. Brendning texnik rahbari Johannes Neftning so'zlariga ko'ra, kelajakda xaridorlarga ham oddiy, ham to'liq gibrid yechimlar taklif etiladi. Bu haqda Autocar.co.uk xabar beradi.
Yangi gibrid tizim Volkswagen Golf va T-Roc modellarida qo'llaniladigan texnologiyaga asoslanadi. U 1,5 litrli turbodvigatel, yetti pog'onali avtomat uzatmalar qutisi, elektr motor va 1,6 kW/soat sig'imli akkumulyatordan iborat bo'lib, 136 yoki 170 ot kuchiga ega versiyalarda taqdim etiladi.
Shuningdek, yangi plagin-gibrid Octavia modeli ham ishlab chiqilmoqda. U 19,7 kW/soatlik akkumulyator bilan jihozlanib, faqat elektr energiyasi hisobiga uzoq masofani bosib o'tish imkonini beradi. Bu esa kompaniya avtomobillaridan foydalanuvchilar uchun soliq imtiyozlarini taqdim etadi.
Skoda dizel dvigatelli versiyalardan ham voz kechmoqchi emas. Kompaniya rahbari Klaus Zellmerning ta'kidlashicha, brend ichki yonuv dvigatelli avtomobillar bozorida barcha imkoniyatlarni ochiq qoldirishni maqsad qilgan.
To'liq elektr quvvatida ishlaydigan Octavia modeli ham rejalashtirilgan, biroq u ommaviy ishlab chiqarishga o'n yillikning oxirigacha chiqishi kutilmayapti. Hozircha kompaniya mavjud barcha dvigatel turlarini saqlab qolishga e'tibor qaratmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!