11:59 / 31.05.2017
10 998

Ishonch telefoni: GM Uzbekistan qo‘shimcha pul talab qilgan avtosalonlar haqida ma’lumot berishni so‘radi

Ishonch telefoni: GM Uzbekistan qo‘shimcha pul talab qilgan avtosalonlar haqida ma’lumot berishni so‘radi
Shu yilning 26 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Jeneral Motors O‘zbekiston» AJ tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar narxlarini shakllantirishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorni imzolagani haqida xabar bergan edik.

Mazkur qarorga ko‘ra, 1 iyundan GM Uzbekistan tomonidan ishlab chiqariladigan barcha rusumdagi yengil avtomobillar milliy valyuta – so‘mda sotilishi lozim. Bu xabar O‘zbekiston ahlini shoshirib qo‘ydi. Deyarli barcha uchun uzoq kutilgan bu yangilikdan so‘ng, avtomobil bozoridagi vaziyat ham o‘zgardi.

Xabarlarga ko‘ra, GM Uzbekistan 1 iyungacha avtomobil sotishni vaqtinchalik to‘xtatganidan keyin, mashina bozoridagi narxlar 20-30 foizga oshib ketgan. Ba’zi avtomobil egalari 1 iyundan keyin avtoulovlarning narxi ko‘tarilishi mumkinligini taxmin qilishmoqda, shu sabab ular mashina sotishdan voz kechishgan. Natijada esa mashina bozoridagi narx ko‘tarilgan. Ayni damda korxonada inventarizasiya ishlari ketmoqda.

GM Uzbekistan kompaniyasi yuzaga kelgan vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida rasmiy xabarnoma chop etdi. Unga ko‘ra, 1 iyundan avtosalonlardan avtomobil sotib olishda turli to‘siqlarga, masalan, dilerlik korxonasining qoidabuzarligi yoki qo‘shimcha mablag‘ talab qilish holatlari uchragan vaqtda kompaniyaning Ishonch telefoniga (+99871 1471414) qo‘ng‘iroq qilishlari so‘ralgan.
Eslatib o‘tish joizki, 1 iyungacha avtomobil sotib olish uchun tayyorlangan shartnoma bandlari o‘zgarishsiz qoladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Ishonch telefoni: GM Uzbekistan qo‘shimcha pul talab qilgan avtosalonlar haqida ma’lumot berishni so‘radi