date

Salonlarda Lacetti va Cobalt mashinalari uchun milliy valyutada shartnomalar qabul qilinmoqda

Salonlarda Lacetti va Cobalt mashinalari uchun milliy valyutada shartnomalar qabul qilinmoqda

2015 yil 8 avgust kunidan boshlab GM Uzbekistan avtomobillari sotiladigan salonlarda Lacetti va Cobalt rusumli avtomobillarning 1 va 2 pozisiyalari uchun milliy valyuta - so‘mda shartnomalar qabul qilinmoqda.

Avtosalon xizmatchilaridan birining Kun internet-nashriga xabar berishicha, aynan bugundan boshlab joriy vaqtga qadar xalqaro plastik kartochkalar (AQSh dollaridagi to‘lov) orqali shartnomalar qabul qilingan mazkur modeldagi mashinalar uchun to‘lovlarni milliy valyutada to‘lovni amalga oshirgan holda sotib olish mumkin.

Unga ko‘ra, mashinalarning narxlari quyidagicha ko‘rinish olgan:


Cobalt 1 pozisiya — 43 250 000 so‘m
Cobalt 2 pozisiya — 47 300 000 so‘m
Lacetti 1 pozisiya — 47 350 000 so‘m
Lacetti 2 pozisiya — 54 850 000 so‘m

Ma’lumot uchun, respublika bo‘ylab barcha 77ta avtosalonda shartnomalar qabul qilinishi boshlanib, savdolar davom etmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Avto » Salonlarda Lacetti va Cobalt mashinalari uchun milliy valyutada shartnomalar qabul qilinmoqda

Ko'p o'qilgan Avto yangiliklari