23:45 / 11.05.2018
5 003

Audi R8 superkarlari dunyoning eng qimmatbaho savdo markazida suratga olindi (video)

Audi R8 superkarlari dunyoning eng qimmatbaho savdo markazida suratga olindi (video)
Ikkita Audi R8 superkari dunyoning eng qimmatbaho savdo markazi – Qatar poytaxti Dohadagi Al Hazm’da suratga olindi. Ta’kidlanishicha, bu markaz qurilishiga 825 mln dollar sarflangan.

Savdo markazini qurish uchun Falastin va Toskanadan yetkazilgan 60 ming tonna tosh va marmar ishlatilgan. Binoni qurishda haybatli ustunlar, arka va gumbazlar bilan 18-asrdagi yevropacha savdo qatorlari uslubidagi markazni barpo etish vazifasi turgan. Hozirda Al Hazm “millionerlar savdo markazi” deb ataladi.

Suratga olishda Audi R8’ning to‘liq va orqa privodli variantlari ishtirok etgan. Ikkala avtomobil ham hajmi 5,2 litrli, 10 silindrli dvigatel bilan jihozlanadi. Biroq to‘liq privodli variantda dvigatel 610 ot kuchi, orqa privodlisida 540 ot kuchi beradi.

Superkarning to‘liq privodli varianti 100 km/soatga 3,2 soniyada, orqa privodlisi 3,7 soniyada erishadi. Orqa privodli Audi R8 cheklangan miqdorda – 999 dona ishlab chiqarilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Audi R8 superkarlari dunyoning eng qimmatbaho savdo markazida suratga olindi (video)