Avtomobil transportini ishlab chiqarishda ularni, shu jumladan axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish orqali zamonaviy xavfsizlik tizimlari bilan jihozlash bo‘yicha hukumat qarori 2019 yil dekabr oyiga qadar qabul qilinadi. Bu 2018-2022 yillarda O‘zbekiston Respublikasida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash konsepsiyasini 2018-2019 yillarda amalga oshirish bo‘yicha "Yo‘l xaritasi"da nazarda tutilgan.
Xususan, quyidagilarni nazarda tutadigan hukumat qarori qabul qilinadi:
mamlakat avtotransport vositalarini javobgar tuzilmalarni favqulodda vaziyatlardan avtomatik tarzda ogohlantiruvchi SOS tizimi, shuningdek, ruxsat etilgan tezlikni oshirganda haydovchini ovozli ogohlantirish tizimi bilan bosqichma-bosqich jihozlash (to‘ldirish);
avtomobil salonlarida yo‘l harakati qoidalarida nazarda tutilgan zarur uskunalarni (o‘t o‘chirgich, tibbiyot qutichasi, avariya holatida to‘xtaganligini bildiruvchi belgi va nur qaytargichli kamzulni) sotish.
Ml toifasidagi ilk marotaba sertifikatsiya qilinayotgan avtotransport vositalarini quyidagilarni ta’minlaydigan elektron tizim komponentlari bilan bosqichma-bosqich texnik jihozlash:
tormozlashning antiblokirovka tizimi (ABS); barqarorlikni nazorat qiladigan elektron tizim (ESC) va shoshilinch tormoz bosilganda haydovchiga yordam beradigan tizim (VAS);
shinalar bosimini nazorat qiladigan tizim (TPMS).
Bu borada «O‘zavtosanoat»», SSP, Avtomobil transporti agentligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, FVV, IIV, Sog‘liqni saqlash vazirligi mas’ul etib belgilandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq transport vositalarini majburiy tarzda texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibi takomillashtirilishi xabar qilingandi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”