Eski haydovchilik guvohnomasi qanday qilib yangisiga almashtiriladi? Nega amaliyotda Davlat xizmatlari agentligi xodimlari tomonidan Vazirlar Mahkamasining 31.05.2018 yildagi 408-son qarorida koʻrsatilgan toʻliq boʻlmagan roʻyxatni taqdim etish talab qilinadi? Norma shu haqda sharh eʼlon qildi.
Bugungi kunda Toshkent shahrining Mirobod, Yunusobod, Uchtepa va Shayxontohur tumanlari, Doʻstlik, Pastdargʻom, Sirdaryo, Chirchiq va Xonqa tumanlari, shuningdek Namangan, Nukus, Andijon, Termiz, Kogon, Zarafshon, Shahrisabz, Qoʻqon shaharlaridagi davlat xizmatlari markazlarida eski namunadagi haydovchilik guvohnomalarini yangisiga almashtirish mumkin.
Davlat xizmatlari agentligida xabar qilinishicha, uskunalar oʻrnatilishi tugallangach, boshqa markazlar ham haydovchilik guvohnomalarini almashtirish bilan shugʻullanadi.
Vazirlar Mahkamasining 31.05.2018 yildagi 408-son qaroriga muvofiq haydovchilik guvohnomalarini almashtirish tartibi haqida ilgari yozilgan edi. Masalan, VMQda belgilanishicha, avtomototransport vositalarini oxirgi 12 oy ichida boshqargan shaxslarning haydovchilik guvohnomalari tegishli imtihonlarsiz almashtirib beriladi. Mazkur dalil quyidagi hujjatlar bilan tasdiqlanadi:
- ishlayotgan haydovchilar uchun – mehnat daftarchasidan koʻchirma yoki ishlayotgan joyida unga biriktirilgan avtomototransport turi koʻrsatilgan maʼlumotnoma (buyruqdan koʻchirma);
- shaxsiy avtomototransport vositalari haydovchilari uchun – ularga tegishli boʻlgan avtomototransport vositasining roʻyxatdan oʻtganligi haqidagi qayd etish guvohnomasi;
- ishonchnoma yoki ijara shartnomasi bilan avtomototransport vositasini boshqargan shaxslar uchun – avtomototransport vositasi roʻyxatdan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma va uni boshqarish uchun notarial idora tomonidan tasdiqlangan ishonchnoma yoki ijara shartnomasi.
Biroq amalda Davlat xizmatlari agentligi xodimlari bunday tasdiqlar topshirilishini talab qilishmayapti, ular soddalashtirilgan sxemada ishlayaptilar.
Buyurtmachidan quyidagilar talab etiladi:
- soʻrovnomani toʻldirish;
- eski haydovchilik guvohnomasi va talonni topshirish;
- pasport yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatni taqdim etish;
- EKIHning 70% miqdoridagi bojni toʻlash (maqola berilgan sanada – 129 010 soʻm).
Agentlikning “bevosita muloqot” telefoni (1148) boʻyicha aniqlashtirilishicha, bugungi kunda haydovchilik guvohnomalarini almashtirish jarayonini tezlashtirish maqsadida boshqa maʼlumotlarga zarurat boʻlgan taqdirda, markaz xodimlari tomonidan ular buyurtmachi ishtirokisiz tegishli instansiyalardan olinmoqda.
Natijada, haydovchilik guvohnomasini almashtirish taomiliga ariza berilgandan boshlab yangi namunadagi hujjat olingunga qadar 20 daqiqa ketyapti. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi