11:16 / 29.09.2018
7 147

Nega GM Uzbekistan avtosalon bilan kelishuvni bekor qildi?

Nega GM Uzbekistan avtosalon bilan kelishuvni bekor qildi?
GM Uzbekistan “Shahrixon-Avto Ravon” AJ bilan dilerlik kelishuvi bekor qilinganini maʼlum qildi.

“Kelishuvni bekor qilinishiga dilerlik markazi tomonidan tizimli ravishda kelishuv shartlarining buzib kelinishi, GM Uzbekistan avtomobillari savdosida shaffoflikning mavjud emasligi, ish jarayonida korrupsiyaga yoʻl qoʻyishlik, avtomobillarni sunʼiy bronlash, xaridorlar oʻrtasida talab katta boʻlgan avtomobillarni “yopiq garajlarda” saqlanishi, rasmiy narxlarning ochiq maʼlumot tarzida mavjud emasligi, shartnoma tuzish uchun mavjud boʻlgan avtomobillar haqida yolgʻon maʼlumotlar berilishi, faoliyat yuritmaydigan koll-markaz, xodimlarning dilerlik markazlari standartlariga nomunosibligi sabab boʻldi”, - deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, kompaniya ana shunday qonunbuzarlik holatlariga yoʻl qoʻyayotgan dilerlik markazlarini aniqlash borasida ishlarni davom ettiradi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Nega GM Uzbekistan avtosalon bilan kelishuvni bekor qildi?