O‘zbekiston Respublikasi Vazrilar Mahkamasining 2017 yil 2 martdagi 116-son qaroriga muvofiq amaldagi milliy haydovchilik guvohnomalarini yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomalariga almashtirish 2019 yil 1 yanvar — 2020 yil 31 dekabr davrida — eski namunadagi barcha milliy haydovchilik guvohnomalari uchun, ularning berilgan sanasidan qat’i nazar — majburiy tartibda amalga oshirilishi hamda 2021 yil 1 yanvardan eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomalari haqiqiy emasligi belgilangan, deb xabar berdi Davlat xizmatlari agentligi matbuot xizmati.
Hozirgi vaqtda Toshkent shahrida 1 milliondan ortiq eski namunadagi haydovchilik guvohnomalari yangi namunadagisiga almashtirilmagan bo‘lib, mazkur haydovchilik guvohnomalarini 2020 yilning oxiriga qadar almashtirish majburiy hisoblanadi.
Mazkur haydovchilik guvohnomalarini 2020 yilning oxirigacha, ya’ni 24 oy va har bir ish kunida almashtirilganida kamida 2200 – 2500 ta atrofida fuqarolarning haydovchilik guvohnomalarini almashtirish talab etiladi.
Biroq, bugungi kunda Davlat xizmatlari markazlari orqali kundalik 500 - 600 ta atrofida haydovchilik guvohnamalari almashtirilmoqda va mazkur davr mobaynida 85 mingdan ortiq fuqarolarning haydovchilik guvohnomalari almashtirilishiga erishildi xolos. Shu sababli, 2019 yilning ikkinchi yarmi va 2020 yil davomida mazkur davlat xizmatiga aholi o‘rtasida talab keskin oshib ketishi kutilmoqda. Oqibatda Davlat xizmatlari markazlarida yana navbatlar ko‘payib, tartibsizliklar va fuqarolar o‘rtasida turli tushunmovchiliklar yuzaga kelishi va belgilangan muddatda fuqarolar haydovchilik guvohnomalarini yangi namunadagisiga almashtirishga erishilmaydi.
Fuqarolar Davlat xizmatlari markazlarida yangi namunadagi haydovchilik guvohnomalarini olishi mumkin.
Ma’lumot tariqasida, milliy haydovchilik guvohnomalari yangi namunadagisiga Toshkent shahrining Mirobod, Mirzo Ulug‘bek, Uchtepa, Shayxontohur, Yunusobod, Yakkasaroy va Yashnobod tuman Davlat xizmatlari markazlarida soddalashtirilgan tartibda, ya’ni murojaatchilarning doimiy yashash manzilidan qat’iy nazar, pasport va eski namunadagi haydovchilik guvohnomasi hamda uning taloni, shuningdek EKOIHning 70 foizi miqdorida to‘lov amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilganda amalga oshirilishi ma’lum qilinadi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar