Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligining “Avtotransport vositalarini tasarruf etish va ularni boshqarish huquqini beruvchi ishonchnomalarni rasmiylashtirish bo‘yicha” ko‘rsatmani o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish haqida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.
Hujjat O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2019 yil 27 fevraldagi F–5445-son “2019 yilda vazirliklar, davlat qo‘mitalari va boshqa davlat boshqaruvi organlari faoliyati samaradorligini hamda maqsadli vazifalarga erishishlarini baholashning asosiy mezonlari to‘g‘risida”gi farmoyishi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 31 avgustdagi 683-son “Avtomototransport vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ularga ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarini berish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq qabul qilinadi.
Qarorga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Ichki ishlar vazirligining 2000 yil 29 maydagi 01-526, 24/8-855-son “Avtotransport vositalarini tasarruf etish va ularni boshqarish huquqini beruvchi ishonchnomalarni rasmiylashtirish bo‘yicha” ko‘rsatmasi o‘z kuchini yo‘qotgan deb topiladi.
Qayd etilishicha, mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Amaldagi ko‘rsatmaga ko‘ra, avtotransport vositalarini tasarruf etish (olish-sotish, almashtirish, hadya etish) va ularni boshqarish huquqini beruvchi ishonchnomalar rasmiylashtirilganida vakolatnoma oluvchiga uning ikki nusxasi beriladi. Ishonchnomaning bir nusxasi hududiy DAN boshqarmalarining "Ro‘yxatlash va imtihon bo‘lim (bo‘linma)larida» qoldiriladi. Notarius tomonidan mazkur vakolatnoma matnida: "u tegishli avtomobil nazorati idorasida 10 kun ichida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkaziladi va ro‘yxatdan o‘tkazilmagunga qadar haqiqiy emas deb hisoblanadi" deb yozilishi shart. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi