19:05 / 04.08.2020
3 654

Harakatlanayotgan avtomobil g‘ildiragi ichida nimalar sodir bo‘ladi? (video)

Harakatlanayotgan avtomobil g‘ildiragi ichida nimalar sodir bo‘ladi? (video)
YouTube’dagi Warped Perception kanali to‘g‘ri va o‘nqir-cho‘nqir yo‘lda harakatlanayotgan Mercedes-Benz E55 AMG g‘ildiragi ichida nimalar sodir bo‘lishini ko‘rsatib berdi. Buning uchun GoPro kamerasi pokrishka ichiga joylashtirilgan.

Tasvir tiniqligini ta’minlash maqsadida pokrishka va diska o‘rtasiga g‘ildirak ichini harakat vaqtida yoritib turuvchi fonar o‘rnatilgan. Smartfonga to‘g‘ridan-to‘g‘ri uzatilgan videodan ko‘rish mumkinki, yaxshi va yomon yo‘lda harakatlanayotgan pokrishkalar holati farqlanadi.

Tajriba davomida o‘nqir-cho‘nqir asfaltdagi shina shu qadar deformatsiyaga uchraganki, kamerani tushirib yuborgan.
Eslatib o‘tamiz, iyul oyi oxirlarida YouTube’dagi Welker Farms kanali yagona nusxada ishlab chiqarilgan dunyodagi eng katta traktor — Big Bud 16B-747’ga yangi shinalar o‘rnatilgani tasvirlangan video bilan bo‘lishgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Harakatlanayotgan avtomobil g‘ildiragi ichida nimalar sodir bo‘ladi? (video)