Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasining 4ta ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon olish bo‘limida ruxsatnoma berish jarayoni boshlandi.
2020 yil 5 avgust kunidan boshlab Toshkentda transport vositalarining oynalarini qoraytirish va tusini o‘zgartirish bo‘yicha belgilangan tartibda ruxsatnoma berish jarayoni boshlandi.
Shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasining ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon olish bo‘limlarining quyidagi:
1. Mirobod tumani, Beshkent ko‘chasi, 45-uyda joylashgan (Fayzobod) manzilida (Shayxontohur, Mirobod va Bektemir tumanlariga xizmat ko‘rsatuvchi);
2. Yunusobod tumani, O.Zokirov ko‘chasi, 2-uyda joylashgan manzilda (Olmazor va Yunusobod tumanlariga xizmat ko‘rsatuvchi);
3. Chilonzor tumani, Bunyodkor ko‘chasi, 118A-uyda joylashgan manzilda (Uchtepa va Chilonzor tumanlariga xizmat ko‘rsatuvchi);
4. Mirobod tumani, Vodil ko‘chasi 53-uyda joylashgan (Mirobod va Mirzo Ulug‘bek tumanlariga xizmat ko‘rsatuvchi) manzillarida transport vositalarining oynalarini qoraytirish va tusini o‘zgartirish bo‘yicha belgilangan tartibda ruxsatnoma berish jarayoni amalga oshirilmoqda.
“Hurmatli shahrimiz fuqarolari, yuqoridagi manzillarga fuqarolik pasporti asli va transport vositasini qayd etish guvohnomasi asli bilan karantin qoidalariga to‘liq rioya qilgan holda murojaat qilishingiz mumkin”, - deyiladi xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi