O‘zbekistonda har 5 yilda ishlab chiqarilayotgan avtomobil turlarini yangilash rejalashtirilmoqda. Bu haqda “O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiy o‘sishni tiklash va tizimli tarkibiy o‘zgarishlarni davom ettirish bo‘yicha 2020-2021 yillardagi amaliy harakatlar rejasi”da aytilgan.
Qayd etilishicha, mashinasozlik sohasida xalqaro konsalting kompaniyalarni jalb qilgan holda, avtomobilsozlik sanoatini rivojlantirish Strategiyasini ishlab chiqish mo‘ljallangan.
Avtomobilsozlik sanoatida jahonning yetakchi ishlab chiqaruvchilari (Yaponiya va Janubiy Koreya) tajribalaridan kelib chiqib, har 5 yilda ishlab chiqarilayotgan avtomobil turlarini yangilash ko‘zda tutilmoqda.
Shuningdek, avtomobilsozlik sanoatida mahalliy sanoat korxonalari tomonidan ishlatiladigan xom ashyolar asosiy turlarini mahalliylashtirish (po‘lat, yassi shisha, kauchuk) hamda avtomobilsozlik sanoatida yuqori texnologik ehtiyot qismlarini (shassi, transmissiya, rul boshqaruvi) mahalliylashtirishni asosiy yo‘nalish etib belgilash rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, texnologik uskunalarni (shtamplash, payvandlash, bo‘yash va yig‘ish liniyalari texnologiyalari) ishlab chiqish va rivojlantirish, sohaning muhandislik salohiyatini rivojlantirish (ikkilamchi bozor uchun butlovchi qism, aksessuarlar ishlab chiqarish va tyuning) hamda milliy brend ostida standartlashtirilgan traktor modellarini ommaviy ishlab chiqarish kutilyapti. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi