08:00 / 16.12.2020
3 043

Britaniyada 100 yillik noyob Bentley kabrioleti 285 ming funtga sotilmoqda (foto)

Britaniyada 100 yillik noyob Bentley kabrioleti 285 ming funtga sotilmoqda (foto)
Foto: DM Historics
Britaniyadagi klassik avtomobillar dileri DM Historics 1924 yilda yaratilgan noyob Bentley 3-Litre’ni sotuvga qo‘ydi. Ideal holatda saqlangan sportkar hozirga qadar 20 ming kilometr yo‘l bosgan bo‘lib, uni 285 ming funt sterlingga xarid qilish mumkin, deb xabar beradi Motor.

Bentley 3-Litre 1921 yildan 1929 yilga qadar ishlab chiqarilgan. Avtomobil kapoti ostidan 70 ot kuchiga ega uch litrli benzin dvigatel o‘rin olgan. Mashinaning maksimal tezligi soatiga 136 kilometrni tashkil etadi.

Sotuvga qo‘yilgan nusxa 1924 yilda konveyrdan chiqqan. Oradan 38 yil o‘tgach, Robert Uord ismli fuqaro sportkarni garajlarning biridan achinarli ahvolda topgan. Keyingi ikki yil davomida erkak avtomobilni qayta tiklash bilan shug‘ullangan. Restavratsiya ishlari yakunlangach, britaniyalik kabrioletdan faqat dam olish kunlari foydalangan, shuningdek, tematik avtopoygalarda ham ishtirok etgan.

Foto: DM Historics
2000 yilda Robert Bentley’ni Britaniya markasining ishqiboziga sotib yuborgan bo‘lib, avtomobil zudlik bilan modernizatsiya qilingan. Modernizatsiya vaqtida sportkarga zamonaviy elektr qurilmalari, yorug‘lik diodlar o‘rnatilgan, shuningdek, kabriolet kuzovi qora-oq ranglar gammasiga bo‘yalgan.

Bentley 3-Litre so‘nggi bor 2018 yilda restavratsiyaga uchragan. Bu safar sportkar to‘liq qora rangga bo‘yalgan, bundan tashqari, saloni qora charm bilan qoplangan. Avtomobilning dvigateli va yoqilg‘i tizimi ta’mirlangan. So‘nggi kiritilgan o‘zgartirishlar 73 ming funtga tushgan.

Avtomobilning hozirgi egasi uni 285 ming funtga sotishga tayyor. Uning so‘zlariga ko‘ra, noyob Bentley 3-Litre ideal holatda bo‘lib, to‘liq harakatlana oladi.










arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Britaniyada 100 yillik noyob Bentley kabrioleti 285 ming funtga sotilmoqda (foto)