18:35 / 04.02.2021
1 978

Apple elektromobilining bir nechta xususiyatlari ma’lum qilindi

Apple elektromobilining bir nechta xususiyatlari ma’lum qilindi
Foto: macrumors.com
Apple kompaniyasi ishlab chiqarishni rejalashtirayotgan avtomobil Hyundai kompaniyasining E-GMP platformasi asosida bo‘ladi. Bu haqda MacRumors nashri insayder Min-Chi Koga tayanib xabar berdi.

Min-Chi Ko TF Securities investorlariga yo‘llagan tahliliy maktubida Apple va Hyundai hamkorligi to‘g‘risidagi xabarni tasdiqlagan. Ekspertning fikricha, elektromobil Electric Global Modular Platform (E-GMP) platformasiga asoslanadi. Platforma ikkita dvigatel va bir marta quvvatlanishda 500 kilometrdan ortiq yo‘l bosishga imkon beradigan akkumulatorga ega.

Batareya 18 daqiqa ichida 80 foizga quvvatlanishi mumkin. Elektromobil 3,5 soniya ichida tezligini soatiga 100 kilometrga yetkaza oladi, uning maksimal tezligi soatiga 260 kilometrga yaqin bo‘ladi.

Mutaxassisning taxminicha, Hyundai Mobis bo‘lajak avtomobilning ayrim qismlarini tayyorlash bilan shug‘ullanadi, Kia esa elektromobil ishlab chiqarish liniyasini taqdim etadi.

Qayd etilishicha, Apple Car taqdimoti 2025 yildan so‘ng bo‘lib o‘tadi.

O‘tgan yili Reuters agentligi o‘z manbalariga tayanib Apple 2024 yilga kelib avtomobil bozoriga chiqishni rejalashtirayotgani to‘g‘risida xabar qilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Apple elektromobilining bir nechta xususiyatlari ma’lum qilindi