20:30 / 18.03.2021
2 576

Yo‘llarda qoidabuzarlikni aniqlovchi kameralar o‘rnatilishida hisobga olish kerak bo‘lgan jihatlar sanaldi

Yo‘llarda qoidabuzarlikni aniqlovchi kameralar o‘rnatilishida hisobga olish kerak bo‘lgan jihatlar sanaldi
2021 yil 1 martdan boshlab yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasiga xususiy sektorni jalb etish ko‘zda tutilgan bo‘lib, shu maqsadda Hukumat qarori loyihasi ishlab chiqildi.

«Yo‘l harakat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ko‘rilayotgan ushbu choralarga nisbatan jamoatchilik tomonidan turli nuqtayi nazarlar bildirilmoqda. Bunda fuqarolarning fikrlarini umumlashtirgan holda ularni ikki guruhga ajratish mumkin. Birinchi guruh tomonidan mazkur choralar so‘zsiz yo‘llarda harakat xavfsizligini ta’minlash, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish, eng muhimi, byudjet harajatlarining optimallashishi va ijobiy haydovchilik madaniyati shakllanishiga sabab bo‘lishini ta’kidlasalar, ikkinchi guruh tomonidan ayrim hollarda zarur yo‘l infratuzilmasining mavjud emasligi bois yoki zarurat yuzasidan qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilishi va buning uchun jarimaga tortish adolatsizlik ekanligini bildirishmoqda.

Aytish joizki, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashda xususiy sektorning jalb etilishi orqali soliq to‘lovchilar hisobidan kuzatuv vositalarini xarid qilish, o‘rnatish va saqlash xarajatlari qisqartirilib, bu boradagi davlat xizmatchilarining soni va faoliyatini optimallashtirish imkonini beradi.

Shuningdek, qoidabuzarliklarning avtomatik ravishda qayd etilishi turli korrupsiyaviy holatlarga barham bergan holda ularning soni keskin qisqarishiga olib keladi. Eng muhimi, jamiyatda xavfsizlikni ta’minlash, jinoyatchilikning oldini olish va unga qarshi kurashishda samarali tizim shakllanadi. Shu o‘rinda 2020 yil davomida respublikada 6982ta yo‘l-transport hodisalari sodir bo‘lgani, oqibatda 1962 nafar inson vafot etganligini qayd etish lozim.

Shu bilan birgalikda, «Yuksalish» umummilliy harakatiga fuqarolar tomonidan kelib tushayotgan murojaatlar tahlili bu borada asosli e’tirozlar mavjudligini ko‘rsatmoqda.

Jumladan, yo‘l infratuzilmasining talab darajasida emasligi haydovchilar tomonidan noixtiyoriy ravishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilishiga sabab bo‘lmoqda, shuningdek, aholi gavjum nuqtalar, bozorlar va savdo komplekslari atrofida avtoturargohlar mavjud emasligi yoki yetarli emasligi hamda mavjud pullik avtoturargohlarga belgilangan narxlar yuqoriligi to‘xtash va to‘xtab turish qoidalari buzilishiga olib kelmoqda
», deyiladi «Yuksalish» umummilliy harakati matbuot xizmati xabarida.

«Yuksalish» umummilliy harakati ishlab chiqilgan qonun hujjatlari tahlili hamda jamoatchilik fikriga tayangan holda quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratish va zarur hollarda qonun hujjatlarida nazarda tutish maqsadga muvofiq deb hisoblaydi:
  • maxsus kuzatuv moslamalari o‘rnatilishi ko‘zda tutilgan nuqtalar qaysi mezonlar (qoidabuzarliklar soni, qatnov hajmi va h.k.) asosida belgilanishini e’lon qilish;
  • maxsus kuzatuv moslamalari o‘rnatilishi ko‘zda tutilgan nuqtalarda yo‘l belgilari va infratuzilmasi talab darajada bo‘lishini ta’minlash;
  • bozorlar va yirik savdo komplekslari, shuningdek, aholi gavjum joylar atrofida yetarli miqdorda avtoturargohlar bo‘lishini nazarda tutish hamda ularga belgilangan narxlarni nazoratga olish;
  • favqulodda vaziyatlarda (tez tibbiy yordam mashinalariga yo‘l berish) ro‘y berishi mumkin bo‘lgan qoidabuzarliklarni inobatga olish;
  • avtomatlashtirilgan tizim yordamida aniqlangan qoidabuzarliklar natijasida undirilgan jarimalarning yo‘l infratuzilmasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan qismi aynan nima maqsadlarga sarflanayotganligini jamoatchilikka e’lon qilib borish.

«Yuksalish» umummilliy harakati ko‘zda tutilgan yangi tartib faqatgina yo‘l harakati standartlari talablariga to‘liq javob beruvchi nuqtalarda joriy qilinishi maqsadga muvofiq, deb hisoblaydi.

Bundan tashqari, mazkur tartibni joriy qilish borasida keng jamoatchilikka tushuntirish berish va faol muloqot olib borish ham foydadan xoli emas», deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Yo‘llarda qoidabuzarlikni aniqlovchi kameralar o‘rnatilishida hisobga olish kerak bo‘lgan jihatlar sanaldi