16:33 / 27.04.2021
3 179

Rustam Rajabov UzAuto Motors’ning to‘laqonli rahbari etib tayinlandi


Foto: UzReport / Rustam Rajabov.
Rustam Rajabov UzAuto Motors kompaniyasi bosh direktori etib tayinlandi. Bu haqda kompaniyaning Korporativ axborot yagona portalidagi ma’lumotlariga tayanib, Spot xabar bermoqda.

U kompaniyaning 2021 yilgi faoliyati yakunlari ko‘rib chiqilguniga qadar (yil yakunlari 2022 yil 30 iyunga qadar ko‘rib chiqilishi belgilangan) bir yil muddatga bosh direktor lavozimiga tayinlangan.

Rajabov amalda so‘nggi bir necha yildan beri UzAuto Motors’ga rahbarlik qilib kelayotgandi, biroq bu ishni «vazifasini vaqtincha bajaruvchi» qo‘shimchasi bilan amalga oshirayotgan edi. 2020 yilda uning vakolatlari muddati ikki bor uzaytirilgan bo‘lib, endi to‘laqonli rahbar sifatida tayinlangan.

Ma’lumot uchun, 2020 yil UzAuto Motors uchun umuman olganda muvaffaqiyatli bo‘ldi — kompaniya rekord darajadagi ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini qayd etdi, kredit reytingi olishga (o‘z tarixida birinchi marta) va obligatsiyalar chiqarishga (bunisi ham birinchi marta) tayyorgarlik ko‘rdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Rustam Rajabov UzAuto Motors’ning to‘laqonli rahbari etib tayinlandi