Buxoroda mashina haydashni o‘rgatuvchi instruktor boshqaruvidagi Matiz ag‘darilib ketdi

Kadr: Telegram
A-380 avtomobil yo‘lining Buxoro tumanidan o‘tgan qismida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida bir kishi jarohat oldi, deb xabar beradi IIV YHXBB axborot xizmati.
Ta’kidlanishicha, G‘uzor—Buxoro—Nukus—Benau avtomobil yo‘lining 192-kilometrida Matiz avtomobili haydovchisi rul boshqaruvini yo‘qotib, beton to‘siqqa urilishi natijasida mashina ag‘darilib ketgan.
Avariya oqibatida haydovchi og‘ir tan jarohati olib, kasalxonaga yotqizilgan.
Buxoro viloyati IIB YHXB matbuot xizmati rahbari Ulug‘bek Shukrullayevning «Daryo»ga ma’lum qilishicha, mashina Mudofaaga ko‘maklashuvchi «Vatanparvar» tashkiloti instruktori boshqaruvida bo‘lgan. Instruktor bu vaqtda Qorovulbozordagi o‘quv-mashg‘ulotidan qaytayotgan bo‘lgani aytilmoqda.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!A-380 avtomobil yo‘lining Buxoro tumanidan o‘tgan qismida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida bir kishi jarohat oldi, deb xabar beradi IIV YHXBB axborot xizmati.
Ta’kidlanishicha, G‘uzor—Buxoro—Nukus—Benau avtomobil yo‘lining 192-kilometrida Matiz avtomobili haydovchisi rul boshqaruvini yo‘qotib, beton to‘siqqa urilishi natijasida mashina ag‘darilib ketgan.
Avariya oqibatida haydovchi og‘ir tan jarohati olib, kasalxonaga yotqizilgan.
Buxoro viloyati IIB YHXB matbuot xizmati rahbari Ulug‘bek Shukrullayevning «Daryo»ga ma’lum qilishicha, mashina Mudofaaga ko‘maklashuvchi «Vatanparvar» tashkiloti instruktori boshqaruvida bo‘lgan. Instruktor bu vaqtda Qorovulbozordagi o‘quv-mashg‘ulotidan qaytayotgan bo‘lgani aytilmoqda.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…