Yangilangan «Chevrolet Equinox»ning narxi e’lon qilindi

Yangilangan «Chevrolet Equinox»ning narxi e’lon qilindi
Foto: Uzauto Motors
«Uzauto Motors» yangilangan Chevrolet Equinox 2021 O‘zbekistonda sotuvga chiqarilganini e’lon qildi.
Chevrolet Equinox (2021 yil modeli) narxi – LT komplektatsiya uchun 414 000 000 so‘m.

Bugundan yangi avtomobillar avval tuzilgan shartnomalar bo‘yicha o‘z egalariga yetkazila boshlanadi.
Ma’lumot uchun: Chevrolet Equinox modeli Qozog‘istonda 337 mln so‘m atrofida sotilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, yil boshlarida O‘zbekistonda Chevrolet Equinox avtomobillarini yetkazib berish to‘xtatilgan edi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar