E-ijro auksionda tadbirkorlarning radar o‘rnatishiga ruxsat beriladigan hududlardan biri boshlang‘ich narxidan qariyb 100 barobar qimmatga sotildi.
Toshkent shahridagi Abdulla Qodiriy ko‘chasining Hamid Olimjon maydoni hududidagi yo‘l o‘tkazgichga radar va kamera o‘rnatiladigan nuqta bo‘yicha auksion savdolari 12 avgust kuni o‘tkazildi. Lotning boshlang‘ich narxi 36 million 750 ming so‘m etib belgilangandi. 6 soatdan ortiq davom etgan savdolardan so‘ng ushbu lot 3 496 762 500 (uch milliard to‘rt yuz to‘qson olti million yetti yuz oltmish ikki ming besh yuz) so‘mga sotildi. Aynan shuncha summa taklif etgan xorijiy Tech Age kompaniyasi auksion g‘olibi deb topildi.
YHXBB barcha lotlarni chiqarganda ushbu hududdagi avtomobillar oqimi va so‘nggi ikki yil davomidagi qoidabuzarliklar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni keltirmoqda. Shu orqali qoidabuzarliklar orqali qancha pul ishlab topish mumkinligini prognoz qilish mumkin. Ammo 3,5 milliard so‘mga sotilgan lot hududida transport oqimi keltirilgan (32 000) bo‘lsa-da, qoidabuzarliklar ustunida «0» raqami yozilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?