1 741
Mercedes-Benz atrofga chiqariluvchi zararli moddalarni kamaytirib ko‘rsatishda gumonlanmoqda
Grmaniyaning Deutsche Umwelthilfe (DUH) notijorat tashkiloti Mercedes-Benz kompaniyasi o‘z mashinalaridan chiquvchi zararli moddalar hajmini kamayetirib ko‘rsatishi haqidagi hisobotni e’lon qildi.
Hisobotda ta’kidlanishicha, kompaniya bu maqsadda Yevro-6 standartiga mos keluvchi dizel dvigatelida ishlovchi Mercedes-Benz E-Class mashinalarida 8 ta maxsus qurilmani qo‘llaydi. Hozirgi vaqtgacha noma’lum bo‘lib qolgan ushbu qurilmalar muayyan ishlash rejimlarida azot oksidi moddasi ko‘rsatkichlarini ancha kamaytirib ko‘rsatgan.
Ushbu qurilmalar DUH tomonidan noqonuniy deb topilgan, chunki ular chiqindilarni laboratoriya sharoitida o‘lchashda natijalarni yanglish ko‘rsatish uchun qo‘llangan. Ta’kidlanishicha, kompaniya mashinalari atrof-muhitga chiqaradigan azot oksidi miqdori aslida belgilangan me’yorlardan 5 marta ko‘proqni tashkil qiladi.
O‘z navbatida, Germaniyaning avtomobil transporti federal boshqarmasi ushbu qurilmalardan xabari borligini va ular noqonuniy emasligini ma’lum qilgan.
2018-yilda Daimler kompaniyasi Germaniyada 238 mingta avtomobilni ortga qaytarib olgan. Bunga Mercedes Vito, C-sinf va GLC dizel modellarida chiqindi gazlarini tozalash tizimini o‘chirib qo‘yuvchi qurilma aniqlangani sabab bo‘lgan.
Daimler, Volkswagen va boshqa bir qator avtomobilsozlik kompaniyalari bir necha yil avval “dizelgeyt” deb nomlangan mojaro markazida qolgandi. O‘shanda kompaniyalar o‘zlarining dizel avtomobillarida atrof-muhitga chiqariladigan zararli chiqindilar hajmini kamaytirib ko‘rsatuvchi dasturiy ta’minot qo‘llashda ayblangan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...