1 yanvardan avtomobil sotib olganlik uchun yig‘im to‘liq bekor qilindi

2 daqiqa o'qish3.6K
1 yanvardan avtomobil sotib olganlik uchun yig‘im to‘liq bekor qilindi
O‘zbekistonda avtotransport vositalarini sotib olganlik uchun yig‘im olib tashlandi. Bu haqda «2022 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining davlat budjeti to‘g‘risida»gi qonuni matniga tayanib, huquqshunos Xushnud Xudoyberdiyev ma’lum qildi.

Uning yozishicha, ushbu qonunda avtomobilni sotib olganlik uchun yig‘im nazarda tutilmagan. Demak, ushbu yig‘im 1 yanvardan to‘liq bekor qilingan. Bungacha amalda bo‘lgan tartibga ko‘ra, avtosalondan yangi mashina sotib olganda shartnoma narxining 3 foizi miqdorida yig‘im to‘lanardi (masalan, 100 million so‘mlik mashina uchun 3 million so‘m, 300 million so‘mlik bo‘lsa, 9 million so‘m).

Agar ikkilamchi bozordan mashina sotib olinganda ishlab chiqilgan yiliga qarab har bir ot kuchi uchun 29 ming 700 so‘mgacha yig‘im olinardi. Masalan, ishlab chiqarilganiga 3 yil to‘lmagan 100 ot kuchiga teng mashinani sotib olganlik uchun deyarli 3 million so‘m yig‘im to‘lanardi. Endi shu yig‘imlar 1 yanvardan to‘liq bekor qilindi.

«Agar kimdir mashina sotib olgan-u, lekin o‘z nomiga rasmiylashtirishdagi katta xarajatdan qochib, ‘generalnaya doverennost’ olib haydab yurgan bo‘lsa, ular endilikda mashinalarini o‘z nomlariga o‘tkazib olishlari mumkin. To‘g‘ri, hozir notariusda to‘lanadigan davlat bojining yuqori stavkalari o‘z kuchida turibdi, ammo tez orada davlat bojlari ham kamaytirilishi kutilmoqda. Yanada aniqroq aytganda, mashinaning ot kuchi va yilidan qat’i nazar, bazaviy stavkaning 3 barobari (810 ming so‘m) etib belgilanishi rejalashtirilmoqda», — deb yozadi u.
1 yanvardan avtomobil sotib olganlik uchun yig‘im to‘liq bekor qilindi
Foto: Telegram / Xushnud Xudoyberdiyev
Iqtisodchi Otabek Bakirovning yozishicha, «iste’molchilarga qarshi jazolovchi va monopolist» UzAuto Motors’ni qo‘llovchi tarzidagi bu yig‘im miqdori ba’zida eski avtomobillar narxining o‘zidan ham qimmat bo‘lib ketgan va o‘zbekistonliklarning avtomobil oldi-sotdisini rasmiylashtirishdan ko‘ra, ishonchnoma asosida bitim amalga oshirishdan o‘zga chorasi qolmagan.

Shuningdek, bu bo‘yicha Budjet kodeksiga kiritilgan tegishli o‘zgartirishlar hali ochiqlanmaganini eslatib o‘tgan.

«Avtomobil oldi-sotdi shartnomalarini YHXBdan ro‘yxatdan o‘tkazish uchun yig‘imlar bekor qilindi (ertagayoq YHXBga borishga sal shoshmay turing, bizga hujjat yetib kelmadi yoki Budjet kodeksiga o‘zgartirish kiritilmadi, deya paysalga solishlari mumkin). Xalq tomon yurish deya baholangan ushbu ezgu ish uchun kam sonli bo‘lsa-da, saylangan deputatlarga va budjet jarayoniga aloqador boshqa barcha xalqparvarlarga tashakkur bildirish kerak bo‘ladi», — deb yozadi Bakirov.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?