15:30 / 13.04.2022
1 796

Haydovchi yonidagi yo‘lovchilar uchun ham qoida joriy etildi

Haydovchi yonidagi yo‘lovchilar uchun ham qoida joriy etildi
1 maydan kuchga kiradigan yangilangan O‘zbekiston Yo‘l harakati qoidalariga ko‘ra, Transport vositalarining old o‘rindig‘ida o‘tirgan yo‘lovchilar xavfsizlik kamarlarini taqib olishlari shart bo‘ladi.

Qayd etilishicha, xavfsizlik kamarlari nazarda tutilgan transport vositasini boshqarayotgan haydovchi va uning old o‘rindig‘idagi yo‘lovchilar harakatni boshlashdan oldin xavfsizlik kamarlarini taqib olishlari shart.

Quyidagi shaxslarga xavfsizlik kamarini taqmaslikka ruxsat beriladi:

- avtomobilning orqa o‘rindig‘idagi 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar;
- o‘quv-mashq transport vositasini o‘quvchi boshqarayotgan vaqtda avtomototransport vositasini yoki shahar elektr transportini boshqarishni o‘rgatuvchi amaliy mashg‘ulotlar instruktori;
- homilador ayollar, salomatligi xavfsizlik kamari taqish imkonini bermaydigan bemorlar (Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan kasalliklar ro‘yxatiga muvofiq va ushbu kasalliklar bilan kasallanganligi bo‘yicha tibbiy ma’lumotnoma mavjud bo‘lganda);
- xizmat vazifasini bajarayotgan xodimga biriktirilgan ko‘k yoki qizil yoxud ko‘k va qizil rangli yaltiroq mayoqchasi bilan jihozlangan hamda maxsus rangli bo‘yoq sxemalar va yozuvlar bilan belgilangan transport vositalari haydovchisi va yo‘lovchilari.

Motosikl va mopedda harakatlanayotgan haydovchi va yo‘lovchilar maxsus motoshlem kiyishlari va uni qadab olishlari shart.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Haydovchi yonidagi yo‘lovchilar uchun ham qoida joriy etildi