
Foto: «Press.lv»
Odessa viloyati ma’muriyati rahbari Maksim Marchenko Rossiya Odessaning «infratuzilma ob’ektlaridan biri»ga raketa hujumi uyushtirganini ma’lum qildi.
«Afsuski, qurbonlar va yaradorlar bor», — dedi u.
Odessa xavfsizlik va mudofaa kuchlarining xabar qilishicha, turar-joy binosiga berilgan raketa zarbasi oqibatida 15 yoshli bola halok bo‘lgan, 17 yoshli qiz esa yaralangan. Binoda besh kishi bor bo‘lgan.
Zarba oqibatida diniy bino zarar ko‘rdi, yozmoqda «Dumskaya» ukrainalik harbiylarga tayanib. Gap pravoslav cherkovi haqida ketmoqda, dedi Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi Aleksey Danilov.
Ukraina favqulodda vaziyatlar davlat xizmati Odessaga tashlangan raketa oqibatlarini bartaraf etish chog‘ida olingan videoni e’lon qildi.
Avval Rossiya pasxa bayrami arafasida Odessaga, jumladan, turar-joy binosiga raketa zarbalari bergan edi. O‘shanda sakkiz kishi, jumladan, uch oylik chaqaloq halok bo‘lgan. Vladimir Zelenskiy bo‘lib o‘tgan voqeani izohlar ekan, buni razillik deb atagan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar