Rossiya Mudofaa vazirligi matbuot kotibi general-mayor Igor Konashenkovning ma’lum qilishicha, tovushdan tez uchuvchi "Oniks" qanotli raketalari Odessadagi xorijdan olib kelingan qurollar joylashgan omborxonalarni vayron qilgan.
Uning tushuntirishicha, rossiyalik harbiylar harbiy aerodromdagi logistika markaziga hujum qilgan, u orqali xorijiy qurollar yetkazilgan.
"Ma’lum bo‘lishicha, ushbu omborxonada “Bayraktar TB2” uchuvchisiz apparatlari, shuningdek, AQSH va Yevropa davlatlaridan olib kelingan raketalar va o‘q-dorilari saqlangan”, — dedi general.
Bundan tashqari, yuqori aniqlikda zabra beruvchi raketalar Ukrainaning oltita harbiy ob’ektiga zarba bergan: qo‘riqlanadigan qo‘mondonlik punkti, Slatino qishlog‘i yaqinidagi o‘q-dorilar ombori va to‘rtta harbiylar va texnika to‘plangan manzillar, deya davom etdi Konashenkov.
“Maxsus harbiy operatsiya boshlanganidan buyon jami 146 ta samolyot, 112 ta vertolyot, 696 ta uchuvchisiz apparatlar, 286 ta zenit-raketa majmuasi, 2 783 ta tank va boshqa zirhli jangovar texnikalar, 316 ta raketalar, 1255 ta dala artilleriya va minomyotlari va 2590 dona maxsus harbiy texnika yo‘q qilindi”, - deya xulosa qildi general. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas