Foto: AP
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Associated Press muxbiri bilan suhbatda Rossiyaning Ukrainadagi “maxsus operatsiyasi”ni cho‘zilib ketgan deb hisoblashini aytdi.
«Bu ruslar aytganidek reja bo‘yicha ketayotgani haqida gapiradigan darajada ma’lumotga ega emasman. Yana bir bor ta’kidlayman, operatsiya cho‘zilib ketdi degan fikrdaman», — dedi u.
Lukashenko shuningdek, yadro qurolini aslo qo‘llab bo‘lmasligini aytdi.
«Yadro qurolidan foydalanish mutlaqo mumkin emas deb hisoblayman. Chunki u bizning yonimizda. Biz Qo‘shma Shtatlar singari okean ortida emasmiz. Undan foydalanib bo‘lmaydi, chunki Yer shari orbitasidan chiqib ketishi va biz noma’lum tomonga uchib ketishimiz mumkin», — dedi Belarus prezidenti.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 24 fevralda Ukrainada maxsus operatsiya boshlanganini e’lon qilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi