Shavkat Mirziyoyev BAAga jo‘nab ketdi

Shavkat Mirziyoyev 15 may kuni Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi shahriga jo‘nab ketdi, deb xabar bermoqda prezident matbuot xizmati.
Davlat rahbari uzoq davom etgan xastalikdan so‘ng 13 may kuni 73 yoshida vafot etgan BAA prezidenti Shayx Xalifa bin Zoid-al Nahayon vafoti munosabati bilan ta’ziya marosimida ishtirok etadi.
Tashrif doirasida kuni kecha BAA Oliy kengashi tomonidan mamlakat prezidenti etib saylangan Abu Dabi amiri Shayx Muhammad bin Zoid-al Nahayon bilan ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazish ham rejalashtirilgan.
BAA prezidenti va Abu-Dabi amiri Xalifa ibn Zayd al-Nahayon 2014 yilda insultni va jiddiy operatsiyani boshidan kechirgan. Shundan keyin u omma oldida kamdan kam namoyon bo‘lgan. So‘nggi yillarda BAA prezidenti davlat ishlari bilan deyarli shug‘ullanmasdi, mamlakatni boshqarishni poytaxt amirligi Abu-Dabi valiahd shahzodasi Muhammad ibn Zaydga topshirib qo‘ygandi. U BAA asoschisi Zayd al-Nahayonning to‘ng‘ich o‘g‘li edi.
14 may kuni uning ukasi, Abu-Dabi valiahd shahzodasi shayx Muhammad ibn Zayd Ol-Nahayon mamlakatning yangi prezidenti etib saylandi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Davlat rahbari uzoq davom etgan xastalikdan so‘ng 13 may kuni 73 yoshida vafot etgan BAA prezidenti Shayx Xalifa bin Zoid-al Nahayon vafoti munosabati bilan ta’ziya marosimida ishtirok etadi.
Tashrif doirasida kuni kecha BAA Oliy kengashi tomonidan mamlakat prezidenti etib saylangan Abu Dabi amiri Shayx Muhammad bin Zoid-al Nahayon bilan ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazish ham rejalashtirilgan.
BAA prezidenti va Abu-Dabi amiri Xalifa ibn Zayd al-Nahayon 2014 yilda insultni va jiddiy operatsiyani boshidan kechirgan. Shundan keyin u omma oldida kamdan kam namoyon bo‘lgan. So‘nggi yillarda BAA prezidenti davlat ishlari bilan deyarli shug‘ullanmasdi, mamlakatni boshqarishni poytaxt amirligi Abu-Dabi valiahd shahzodasi Muhammad ibn Zaydga topshirib qo‘ygandi. U BAA asoschisi Zayd al-Nahayonning to‘ng‘ich o‘g‘li edi.
14 may kuni uning ukasi, Abu-Dabi valiahd shahzodasi shayx Muhammad ibn Zayd Ol-Nahayon mamlakatning yangi prezidenti etib saylandi.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…