Yuvaldadagi otishmadan keyin maktab o‘quvchilari huquq-tartibot organlari xodimlari hamrohligida avtobusga o‘tqazilmoqda. 2022 yil 24 may
Foto: Reuters
Texas shtati Yuvalda shahrida joylashgan boshlag‘ich maktabda sodir etilgan otishma oqibatida kamida 14 nafar o‘quvchi va bir nafar o‘qituvchi halok bo‘ldi, deya ma’lum qilgan Texas gubernatori Greyg Ebbot. Uning so‘zlariga ko‘ra,
18 yoshli yuqori sinf o‘quvchisi bo‘lgan gumonlanuvchi ham halok bo‘lgan. Yigitni hodisa joyiga yetib kelgan politsiyachilar otib o‘ldirgani taxmin qilinmoqda. Gubernator bayonotidan avval mahalliy politsiya otishma sodir etgan gumonlanuvchining qo‘lga olinganini xabar qilgandi.
Yana 15 nafar o‘quvchi Yuvaldadagi shifoxonaga yotqizilgan. Otishma vaqtida yaralangan 45 yoshli erkakka ham tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. San-Antonioda otishma oqibatida talafot yetgan ikki nafar jabrlanuvchi kasalxonaga olib kelingan. Shuningdek, bu yerda universitet shifoxonasiga 10 yoshli qizcha va 66 yoshli ayol olib kelingani bayon etilgan. Xabarda aytilishicha ikkala jabrlanuvchi ham og‘ir ahvolda. Bundan tashqari otishmada ikki nafar politsiya zobiti yaralangan.
Maktabda odamlarga o‘q uzishidan avval gumonlanuvchi o‘z buvisini otib tashlagan, deyiladi Ebbott bayonotida. Ayolning ahvoli haqida ma’lumotlar berilmagan. Gumonlanuvchining Salvador Romas ismli yigit ekanligi aniqlangan. Mahalliy hukumat uning o‘z avtomobilini tashlab, maktab binosiga to‘pponcha yoki miltiq bilan kirgani xususida axborot bergan. Tergov esa merganning yolg‘iz harakatlanib, odamlarni o‘qqa tutganini bildirgan. Gumonlanuvchining mazkur harakatlariga nima sabab bo‘lgani hozircha noma’lum.
Ebbott sodir bo‘lgan voqeani «dahshatli yo‘qotish» va «ma’nisiz jinoyat» deya ta’riflagan. Gubernator mahalliy hukumatning bu borada tezkor choralar ko‘rayotganini aytgan. Tergov ishida politsiyadan tashqari reynjerlar va jamoat xavfsizligi departamenti vakillari ishtirok etmoqda. Osiyodagi ishchi tashrifdan qaytayotgan AQSH prezidenti Jo Bayden sodir bo‘lgan hodisadan xabar topgan. U Oq uyga qaytganidan keyin mazkur hodisa yuzasidan nutq so‘zlaydi.
Yuvaldadagi otishma 18 yoshli talabaning Nyu-York shtatida joylashgan Buffalo shahridagi supermarketda 10 kishini otib tashlaganidan 10 kun o‘tib sodir bo‘ldi. Supermarketda yigit otgan odamlarning deyarli hammasi qoratanlilar bo‘lgan. Politsiya qoratanlilarga nisbatan nafrat oqibatida sodir etilgan mazkur jinoyat yuzasidan tergov olib bormoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi