1 734
May oyi boshida 400 ga yaqin rossiyalik askar Ukraina sharqidagi daryoni kechib o‘tishga urinayotib halok bo‘lgan
Foto: Shutterstock
The New York Times gazetasining Ukraina harbiylariga tayanib yozishicha, 8 may kuni Severskiy Dones daryosini kechib o‘tishga urinish chog‘ida 400 ga yaqin rossiyalik harbiy halok bo‘lgan.
Ukraina Qurolli Kuchlari vakillarining nashr muxbiriga ma’lum qilishicha, rossiyalik harbiylar Severodonetsk tumanidagi Ukraina qo‘shinlarini o‘rab olish uchun Belogorovka yaqinida Severskiy Dones daryosidan kechib o‘tishga uringan. Biroq aksincha, rus harbiy xizmatchilarining o‘zlari qurshovda qolgan — bu esa ularni daryoning janubiy qirg‘og‘iga o‘tishga majbur qilgan, keyin ular kuchli artilleriyadan o‘t ochishgan va daryo o‘zaniga minalar otib o‘tish joylarini portlatgan va chekinish yo‘lini berkitib qo‘yishgan.
Jang joyiga tashrif buyurgan NYT muxbiriga ukrainalik harbiylar ishdan chiqqan rus texnikalarini (kamida 15 ta zirhli texnika) ko‘rsatgan, shuningdek, gazetaning yozishicha, o‘rmonning bir qismidagi «daraxtlarda rossiyaliklar kiyimlarining bo‘laklari osilib yotar» va «chirigan jasadlarning hidiga chidab bo‘lmasdi».
Ukraina qurolli kuchlari polkovnigi Dmitriy Kashenkoning NYT muxbiriga aytishicha, ukrainalik harbiylar ovoz kuchaytirgichlar orqali rossiyaliklarga taslim bo‘lishni taklif qilgan, biroq ular bu chaqiriqlarni eshitgani aniq emas. Uning so‘zlariga ko‘ra, ba’zi rus askarlari daryo bo‘ylab qarama-qarshi yo‘nalishda suzib o‘tib, qamaldan chiqib ketishga muvaffaq bo‘lgan.
Ko‘p o‘tmay Rossiya qo‘shinlari portlatilgan o‘tish joylarini qayta tiklagan va yana Severskiy Donetsni kesib o‘tishga uringan, ammo ularni mudofaani o‘z qo‘liga olgan Ukraina kuchlari kutib olgan.
NYT ma’lumotlariga ko‘ra, Belogorovkada sodir bo‘lgan ushbu voqea Rossiyaning Ukrainaga bosqini boshlanganidan beri rus qo‘shinlari ko‘rgan eng katta yo‘qotishlardan biri bo‘ldi.
Belogorovka hududidagi Severskiy Dones daryosini kechib o‘tish chog‘ida rus qo‘shinlarining yirik yo‘qotishlarga uchragani avvalroq ma’lum bo‘lgan edi Xususan, Meduza bu haqda Donbassdagi urush zonasida sodir bo‘layotgan voqealarni sharhida yozgan, biroq qurbonlar soni haqida avval xabar berilmagan.
Shu bilan birga Meduza urush sharoitida nizo tomonlaridan kelayotgan ma’lumotlarni tezda tekshirishning imkoni yo‘qligini qayd etgan.
NYT maqolasini esa Endryu Kramer yozgan, u 2017 yilda boshqa jurnalistlar qatori Rossiya bilan bog‘liq qator tadqiqotlari uchun Pulitser mukofotini olgan. Mukofot hakamlarining qarori o‘sha paytda rossiyalik jurnalistlarda savollarga sabab bo‘lgandi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”