Foto: Anadolu Agency
NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg Shvetsiya va Finlandiyaning alyansga a’zo bo‘lishi masalasida Turkiyaning pozitsiyasini qo‘llab-quvvatladi.
«Hech bir mamlakat terrorizmdan Turkiyachalik jabrlanmagan»,- dedi u Anqarani NATOning muhim ittifoqchisi deb atarkan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ittifoqchi mamlakatda xavotirlar mavjud bo‘lsa, bu masalani muhokama qilish va yechish kerak.
«Doim shunday bo‘lib kelgan. Masalan, Gretsiya Shimoliy Makedoniyani nomi sababli NATOga kirishini bloklagan. Bu muammoni yechish uchun 10 yildan ortiq vaqt kerak bo‘ldi», - dedi Stoltenberg.
NATO bosh kotibi ispaniyalik jurnalistlarga kurdlarni Kurdiston ishchi partiyasi terrorchilari bilan bog‘lamaslik kerakligini aytdi.
«Sizlar kurdlar haqida gapiryapsiz, ammo keling tan olaylik, gap bir nechta kurd guruhlari haqida ketmoqda, Kurdiston ishchi partiyasi esa YEIda terrorchi tashkilotlar ro‘yxatiga kiritilgan. Ularning Shvetsiya yoki Finlandiyada ekani muhim emas»,- dedi u.
Stoltenberg Shvetsiya va Finlandiya NATOning Madriddagi sammitida taklif etilgan mamlakat sifatida qatnashishi mumkinligini, biroq 28 iyungacha Turkiyaning talablarini bajarmaydigan bo‘lsa, ular alyans a’zoligiga nomzod bo‘la olmasligini aytdi.
Turkiya Shvetsiya va Finlandiyaning NATOga qabul qilinishiga qarshi chiqmoqda. Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning ta’kidlashicha, bu mamlakatlar Anqara terrorchi deb e’lon qilgan tashkilotlar a’zolariga boshpana bergan hamda Turkiyaga qarshi sanksiyalar kiritgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”