1 166
Qirg‘iz-tojik chegarasida navbatdagi otishmada bir nafar qirg‘izistonlik harbiy yaralandi
Foto: Sputnik
Qirg‘iziston va Tojikiston chegarasida yana otishma sodir etildi, hodisa davomida tojik harbiylari minomyotlardan foydalandi, bir nafar qirg‘izistonlik askar jarohat oldi. Bu haqda Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi chegara xizmatiga tayanib, «24.kg» xabar berdi.
Qirg‘iziston rasmiylarining xabariga ko‘ra, tojik harbiylari shartli chegara chizig‘ini noqonuniy kesib o‘tib, Qirg‘iziston hududiga kirgan. Chegara otryadi ularning Botken tumanidagi Buloqboshi hududida ekanini aniqlagan.
Tojikiston harbiylari hududni tark etish to‘g‘risidagi talablarni e’tiborsiz qoldirib, o‘t ochdi. Otishma boshlandi, ular minomyotlardan foydalanishdi, deyiladi Qirg‘iziston chegara xizmatining xabarida.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Qirg‘iziston tomonidan bir nafar harbiy jarohat olgan.
- "Soat 15:00 holatiga Botken viloyatining Botken tumani Buloq-Boshi hududidagi otishma to‘xtatildi. Otishma paytida bir harbiy xizmatchi yaralanib, zarur tibbiy yordam oldi", — deyiladi respublika chegara xizmati xabarida.
Tomonlar telefon orqali suhbat o‘tkazdi, biroq erishilgan kelishuvlarga qaramay, dastlab otishma davom etdi, deya ta’kidlamoqda Qirg‘iziston rasmiylari. Ularga ko‘ra, Tojikiston tomoni qirg‘iz tomoni pozitsiyalarini soat 14:15 gacha o‘qqa tutgan. Tojikiston rasmiylari voqea yuzasidan hozircha izoh bermagan.
Qirg‘iziston va Tojikiston o‘rtasidagi chegara uzunligi 970 kilometr. Shundan 460 kilometri bo‘yicha kelishuvlar mavjud emas, shuning uchun bahsli hududlarda vaqti-vaqti bilan nizolar kelib chiqadi.
Qirg‘iz-tojik chegarasidagi navbatdagi to‘qnashuvlar 2022 yil yanvar oxiridan buyon davom etmoqda: yil boshida ikki davlat chegarasida yuz bergan otishma oqibatida ikki nafar chegarachi halok bo‘lgan, olti nafar tojikistonlik harbiy yaralangan, Qirg‘iziston tomonidan esa sakkiz nafar harbiy jarohatlangandi.
Ushbu voqeadan keyin Tojikiston hamda Qirg‘iziston delegatsiyalari chegarada o‘t ochishni to‘xtatish, nizo sodir bo‘lganidan keyin olib kelingan qo‘shimcha kuch va vositalarni u yerdan uzoqlashtirishni kelishib olgandi. Shunga qaramay chegarada bu kabi nizo hamda to‘qnashuvlar tez-tez sodir bo‘lib turibdi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi